151-modda. Baholovchi tashkilot tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha professional xizmatlar
Baholash faoliyati toʻgʻrisida (811-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Baholovchi tashkilot quyidagi qoʻshimcha professional xizmatlar koʻrsatishi mumkin:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish.
Baholovchi tashkilot qonunchilikka muvofiq boshqa qoʻshimcha professional xizmatlar ham koʻrsatishi mumkin.
