16-modda. Baholash obyektini baholashdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi
Baholash faoliyati toʻgʻrisida (811-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
buyurtmachi baholovchi tashkilotning mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sugʻurtalovchisi, baholovchisi boʻlsa;
baholovchi tashkilot va (yoki) baholovchi buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori boʻlsa;
baholovchi tashkilotning va (yoki) baholovchining baholash obyektida mulkiy manfaati boʻlsa;
baholovchi baholash obyektida mulkiy manfaati boʻlgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik va quda-andachilik munosabatlarida boʻlsa.
