14-modda. Baholovchi tashkilotning huquqlari
Baholash faoliyati toʻgʻrisida (811-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Baholovchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilangan baholash usullarini mustaqil qoʻllash;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlardan foydalanish erkinligi taʼminlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy taʼsir etadigan boʻlsa, baholovchi buni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatib oʻtadi;
baholash obyektlarini baholashdan oʻtkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash obyektini baholashdan oʻtkazishni rad etish.
Baholovchi tashkilot qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
