13-modda. Baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomaga oid majburiy talablar
Baholash faoliyati toʻgʻrisida (811-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi oʻrtasidagi shartnoma yozma shaklda qonunchilikka muvofiq tuziladi.
Shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
baholash obyektining nomi;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish muddati;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazgani uchun pul mukofoti miqdori.
Shartnomaga baholovchi malaka sertifikatining, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar kiritilishi shart.
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qoʻyiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bogʻliq boʻlishi mumkin emas.
