24-modda. Shirkatga yangi ishtirokchilarni qabul qilish
Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son) · Sana: 06.12.2001 · Amalda
Shirkatga yangi ishtirokchilar shirkat barcha ishtirokchilarining roziligi bilangina qabul qilinishi mumkin.
Yangi ishtirokchilar qabul qilinganda shirkatning taʼsis shartnomasiga:
ishtirokchilarning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari yangi miqdoriga;
shirkatni boshqarish tartibiga;
shirkatning yangi ishtirokchisi tomonidan qoʻshiladigan hissa miqdori, uni qoʻshish tartibi, muddatlari va usuliga oid oʻzgartishlar kiritiladi.
Yangi ishtirokchi qabul qilinishi munosabati bilan shirkatning taʼsis shartnomasiga boshqa oʻzgartishlar ham kiritilishi mumkin.
