Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son) · Sana: 06.12.2001 · Amalda
Shirkatning ishtirokchisi shirkatda ishtirok etishdan voz kechishini bildirib, undan chiqib ketishga haqli.
Nomuayyan muddatga taʼsis etilgan shirkatda ishtirok etishdan voz kechishini ishtirokchi shirkatdan amalda chiqib ketishdan kamida uch oy oldin bildirishi kerak. Muayyan muddatga taʼsis etilgan shirkatda ishtirok etishdan, shirkatning taʼsis shartnomasida belgilab qoʻyiladigan uzrli sababga koʻragina, muddatidan ilgari voz kechish mumkin.
Shirkatdan chiqish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi shirkat ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuv haqiqiy emas.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-21826
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 23-modda. Ishtirokchining shirkatdan chiqib ketishi Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-2457/23 (lex.uz/docs/-21826)