20-modda. Birja operatsiyalari
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida (625-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi boʻyicha birja vositachilari oʻrtasida tuzilgan, birja savdo-sotigʻi qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan va belgilangan tartibda birjada roʻyxatdan oʻtkazilgan bitimlar birja operatsiyalari deb eʼtirof etiladi.
2. Birjada roʻyxatga olingan bitimlar notarial idorada tasdiqlanmaydi, amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
3. Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narxi, ijro oʻrni va muddatidan boʻlak) oshkor etilishi mumkin emas. Birja bitimining mazmuniga doir maʼlumotlar faqat tergov va sud idoralarining talabi bilan taqdim etilishi mumkin.
4. Birja bitimlari birja nomidan va uning hisobiga tuzilishi mumkin emas.
