21-modda. Birja bitimlarining turlari
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida (625-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
Birjalarda:
bor tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan tovarlarni darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlar topshirishni ham koʻzda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari;
forvard bitimlar, yaʼni bor tovarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar;
fyuchers bitimlar, yaʼni standart kontraktlarga doir oldi-sotdi bitimlari;
opsion bitimlar, yaʼni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narxlar boʻyicha kelgusida xarid qilib olish yoki sotish huquqlarga doir oldi-sotdi bitimlari;
birja savdo-sotigʻi qoidalarida nazarda tutilgan tovarlar, kontraktlar yoki huquqlarni xarid qilish va sotishga doir boshqa bitimlar tuzilishi mumkin.
Forvard va fyuchers bitimlari hamda opsionlar savdosini amalga oshiruvchi birja oʻzining hisob-kitob (kliring) markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart.
