3251-modda. Soliq toʻlovchilar
Soliq va budjet siyosatining 2014-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-359-son) · Sana: 25.12.2013 · Amalda
Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlovchilar quyidagilardir:
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs.
Quyidagilar budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning toʻlovchilari boʻlmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq toʻlovini va (yoki) yagona yer soligʻini toʻlovchi yuridik shaxslar;
umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz toʻlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.
