“194-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari”; — Soliq va budjet siyosatining 2014-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-359-son)
“194-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari”;
Soliq va budjet siyosatining 2014-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-359-son) · Sana: 25.12.2013 · Amalda
quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mulk, yuridik shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalari va ulushlari (paylari) bir chet ellik jismoniy shaxs tomonidan boshqa jismoniy shaxsga — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga yoki norezidentiga, yuridik shaxsga — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga realizatsiya qilingan taqdirda, ushbu daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolish majburiyati, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti deb eʼtirof etiluvchi daromadni toʻlash manbaiga (mol-mulkni sotib oluvchi zimmasiga) yuklatiladi.
Aksiyalar qimmatli qogʻozlarning birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Chet ellik jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblash, ushlab qolish, oʻtkazib berish, soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan shakl boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisob-kitobini va aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar reyestrini taqdim etish, soliq toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish va mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish (rasmiylashtirish) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha ushbu Kodeksning 1551-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar sotuvchida — chet ellik jismoniy shaxsda mol-mulk realizatsiya qilingan yildan keyingi yilning 1-apreliga qadar ushbu Kodeksning 192-moddasi uchinchi qismiga muvofiq daromadlarni deklaratsiya qilish boʻyicha majburiyat yuzaga kelsa, soliq agenti tomonidan ushbu moddaga muvofiq ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilayotganda davlat soliq xizmati organi tomonidan qayta hisoblab chiqarilishi mumkin”;
21) 204-modda quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Keyinchalik realizatsiya qilish uchun yuridik shaxslar tomonidan davlat rezervidan olingan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi belgilangan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza realizatsiya qilish narxi va davlat rezervidan olingan narx oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq kiritilmagan holda aniqlanadi”;
22) 208-moddaning 16, 22 va 30-bandlari chiqarib tashlansin;
23) 211-moddaning 10-bandi chiqarib tashlansin;
24) 222-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91) transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi va summasi”;
10-bandidagi “aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi” degan soʻzlar “aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 254-modda:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazadir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun — foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narxi boʻyicha;
boshqa yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro birjada belgilangan birja narxi boʻyicha, jahon bozorida narx mavjud boʻlmagan taqdirda esa, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati — vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan narx boʻyicha”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymatini aniqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
26) 261-modda:
birinchi qismining 1-bandi chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
27) 269-modda:
birinchi qismining:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) kommunal xoʻjaligi obyektlarining. Kommunal xoʻjaligi obyektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar)”;
3, 4, 6 va 11-bandlari chiqarib tashlansin;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16) koʻpi bilan oʻn yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalarning”;
ikkinchi qismining 3-bandi chiqarib tashlansin;
28) 275-modda:
birinchi qismi:
2-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning”;
4-bandi chiqarib tashlansin;
5-bandidagi “qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon oʻlchami doirasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 3, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon oʻlchami doirasida beriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
29) 290-modda birinchi qismi:
1-bandi chiqarib tashlansin;
3-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar”;
8-bandi chiqarib tashlansin;
30) 296-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
olinishi lozim boʻlgan (olingan) dividendlar summasiga;
qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlovchilar uchun — sof qoʻshimcha foyda summasiga;
tekin olingan pul mablagʻlari summasiga, agar ularni oʻtkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan boʻlsa;
joriy soliq davrida foydalanilganda xarajatlar vujudga kelmaydigan budjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasiga”;
31) 298-modda chiqarib tashlansin;
32) 301-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlovchilar oxirgi isteʼmolchilarga:
benzin va dizel yoqilgʻisini realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida:
avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari deganda avtomobillarga kompressor vositasida gaz toʻldirish, avtomobillarga yoqilgʻi quyish va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tushuniladi;
oxirgi isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi”;
33) 302-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish soliq solish obyektidir.
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan va oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilgan hajmi soliq solinadigan bazadir”;
34) 304-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi transport vositalari uchun realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning narxida hisobga olinadi. Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilganda transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisoblangan summasi soliq toʻlovchining xarajatlariga kiritiladi.
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi joriy oʻn kunlik toʻlovlar hisobga olingan holda har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Hisob-kitob benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilish hollari mustasno. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi”;
toʻrtinchi qismidagi “yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerda” degan soʻzlar “hisob-kitob taqdim etiladigan yerda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 305-moddaning uchinchi qismidagi “yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari aʼzolari” degan soʻzlar “ayrim toifadagi jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36) 311-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq toʻlovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, yakka tartibdagi tadbirkorlar sugʻurta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari sugʻurta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi sugʻurta badallarining toʻlanishi dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, quyidagi miqdorlarda sugʻurta badallarini toʻlaydi:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi — oyiga eng kam ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda;
oilaning boshqa aʼzolari (oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar bundan mustasno) — oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan, shuningdek I va II guruh nogironlari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolari uchun sugʻurta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi. Kalendar yil davomida imtiyozga boʻlgan huquq vujudga kelgan yoki bekor boʻlgan taqdirda, sugʻurta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki bekor boʻlgan oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Sugʻurta badallarini toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan — har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari — hisobot yilining 1-oktabrigacha. Bunda sugʻurta badallarining miqdori toʻlov kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolarining sugʻurta badallarini toʻlash majburiyati oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish koʻradigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosining zimmasiga yuklatiladi.
Toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va toʻlov toʻlanayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Bunda oila aʼzolari — oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila aʼzosi uchun alohida yoziladi. Agar toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun — yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan sugʻurta badallarini ixtiyoriy toʻlash toʻgʻrisidagi ariza asosida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda ixtiyoriy asosda sugʻurta badallari toʻlaydi.
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi”;
37) 312-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yagona soliq toʻlovini” degan soʻzlar “yagona soliq toʻlovini va (yoki) yagona yer soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
38) 316-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yagona soliq toʻlovi” degan soʻzlar “yagona soliq toʻlovini va (yoki) yagona yer soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39) 324-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar”;
40) quyidagi mazmundagi XVI1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “194-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari”; Soliq va budjet siyosatining 2014-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-359-son). neolex.uz/uz/laws/law-2300981/194 (lex.uz/docs/-2300979)