3252-modda. Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza
Soliq va budjet siyosatining 2014-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-359-son) · Sana: 25.12.2013 · Amalda
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sof tushum budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:
1) kommunal xoʻjalik tizimining issiqlik, suv va gaz taʼminoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi va tegishincha issiqlik taʼminoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv taʼminoti korxonalari uchun suvning, gaz taʼminoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
3) vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish boʻyicha, vositachilik, topshiriq shartnomalari boʻyicha hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun — koʻrsatilgan xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;
