6-modda. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida (415-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Kuchini yo'qotgan
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma egasi ushbu guvohnomani bergan muassasani dori vositasining farmakologik samaradorligi va xavfsizligiga doir yangi maʼlumotlardan xabardor qilib turishi shart.
Quyidagilar majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak:
davolash, kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish vositalari, shifobaxsh oziq-ovqat va parafarmatsiya mahsulotlari;
dorilarni tayyorlashda qoʻllaniladigan dori vositalari (substansiyalari) va biologik faol yordamchi moddalar;
roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
yangicha qadoqlangan, yangi shakl va tarkiblardagi yoki yangi texnologiya boʻyicha tayyorlanayotgan dori vositalari;
generik dori vositalari (generiklar);
tibbiy buyumlar.
Retseptlar va standart yozuvlar boʻyicha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi.
