14-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-351-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilinganidan keyin ishchi guruh oʻz faoliyatini tugatadi.
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻinining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yigʻini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ishchi guruhga aʼzo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular ishchi guruh tarkibidan chiqariladi.
