13-modda. Komissiyalarning vakolatlari
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-351-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida:
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlaydi;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilaydi;
ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib oladi;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari bilan bogʻliq axborotini eshitadi;
tegishli hududda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Senat Kengashining komissiyasiga axborot taqdim etadi;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini taʼminlaydi.
Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
