5-modda. Maxsus kuzatuv
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Soʻrovga koʻra soʻrayotgan bojxona organi quyidagilar borasida axborot taqdim etadi va maxsus kuzatuv olib boradi:
a) Soʻralayotgan bojxona organi davlat hududida amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarni buzganligini soʻrayotgan bojxona organiga maʼlum boʻlgan yoki buzishda gumon qilinayotgan shaxslar, jumladan ularning soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi boʻylab va bu hududdan harakatlanishi haqida;
b) Soʻrayotgan bojxona organi xabariga koʻra Soʻrayotgan bojxona organi davlat hududida amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish predmeti sifatida gumon qilinayotgan tovarlar haqida;
v) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish uchun foydalanilayotganligi soʻrayotgan bojxona organiga maʼlum boʻlgan, yoki shunda gumon qilinayotgan transport vositalari haqida;
g) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida tovarlarni noqonuniy saqlashda foydalanish orqali amaldagi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarni buzishida soʻrayotgan bojxona organi gumon qilinayotgan joylar haqida.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida:
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan tovarlarni olib kirishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi qonuniy savdoni amalga oshirishdan boshqa maqsadda foydalanishini koʻzlab amalga oshirilayotganligi aniq boʻlsa yoki amalga oshirilishi gumon qilinishiga yetarli asos mavjud boʻlsa;
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan importi taqiqlangan tovarlarni olib chiqishni oldini oladilar.
