6-modda. Oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Bojxona organlari oʻz tashabbuslari yoki soʻrovga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida amal qiluvchi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzayotgan yoki buzishi mumkin boʻlgan, buzishga tayyorlanayotgan yoki sodir etilishi aniqlangan xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi barcha axborotni bir-birlariga yetkazadilar, eng avvalo, quyidagilarni olib oʻtish sohasida:
a) oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharlovchi va radioaktiv moddalar;
b) xalqaro shartnomalar va koʻp tomonlama kelishuvlar yoki OQQ tarqatmaslik boʻyicha olgan majburiyatlari va/yoki rejimlar nazorat qilinishi nazarda tutilgan maxsus va strategik tovarlar;
v) narkotik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar;
g) madaniy va tarixiy, madaniy yoki arxeologik qimmatliklarga ega boʻlgan antik predmetlar;
d) zaharli moddalar, shuningdek atrof – muhit va sogʻliqqa xavf soluvchi tovarlar hamda moddalar;
e) yuqori bojxona bojlari yoki soliqlarga tortiladigan tovarlar, shuningdek spirtli (alkogolʼ) ichimliklar va tamaki mahsulotlari;
j) intellektual mulk huquqi toʻgʻrisidagi qonunlarni buzadigan tovarlar.
