4-modda. Koʻmaklashishdagi alohida holatlar
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
Bojxona organlari oʻz tashabbuslariga koʻra yoki soʻrovga binoan bir-birlariga quyidagilar toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar:
a) soʻrayotgan bojxona organining davlati hududiga boshqa bojxona organining davlati hududidan olib kirilayotgan tovar qonuniy eksport qilinganmi, shuningdek mavjud boʻlsa, ushbu tovarlar joylashtiriladigan bojxona rejimi;
b) soʻrayotgan bojxona organining davlati hududidan boshqa bojxona organining davlati hududiga olib chiqilayotgan tovar qonuniy import qilinganmi, shuningdek mavjud boʻlsa, ushbu tovarlar joylashtiriladigan bojxona rejimi;
v) bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga eng qulay rejim asosida olib chiqilayotgan tovar qonuniy import qilinganmi, shuningdek har qanday bojxona nazorati choralarini qoʻllashga oid axborotlar.
