3-modda. Oʻzaro koʻmaklashish sohasi
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlari huquqiy va normativ qoidalarga muvofiq, har qanday maʼlumotni, jumladan soʻrov boʻyicha hamda zarur hollarda qayta oʻtkazilgan tekshiruvdan keyingi, ularning bojxona bojlari va soliqlarining toʻgʻri undirilishiga, chunonchi:
a) boj toʻlanishi zarur boʻlgan qiymatni aniqlash, tarif tasnifi va tovarning kelib chiqishiga;
b) taqiqlash, cheklashlar va nazoratga aloqador meʼyorlarni qoʻllashga imkon beradigan axborotni taqdim etadilar.
2. Soʻrovga binoan soʻralayotgan bojxona organi bojxona haqidagi qonun hujjatlari va protseduralari toʻgʻrisida bu Ahdlashuvchi Tomonda qoʻllanadigan hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq soʻrovlarga taalluqli barcha axborotni taqdim etadi.
3. Bojxona organlari oʻz tashabbusi yoki soʻrovlariga koʻra bir-birlariga bojxona haqidagi qonun hujjatlarining toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash, shuningdek ularning buzilishini oldini olish, tekshirish va jazolashga doir barcha zarur axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.
4. Har bir bojxona organi soʻrovnomani taʼminlash jarayonida Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organi yoki boshqa bojxona organining soʻrovini oʻz nomidan bajargandek amalga oshirishi lozim,
5. Soʻralayotgan bojxona organi soʻrovni bajarish imkoniga ega boʻlmasa, u zudlik bilan tegishli organga soʻrovni taqdim etishi va bu organlar bilan hamkorlik qilishi lozim.
