2-modda. Bitimni qoʻllash sohasi
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining bojxona idoralari orqali va ushbu Bitim qoidalariga muvofiq:
a) bojxona haqidagi qonun hujjatlariga yetarlicha amal qilinishini taʼminlash maqsadida;
b) bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va jazolash maqsadida;
v) bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashga tegishli hujjatlarni yoki xabarnomalarni berishga taalluqli hollarda oʻzaro yordam koʻrsatadilar.
2. Ushbu Bitim doirasidagi barcha hamkorlik Ahdlashuvchi Tomon davlatlari hududlarida amal qilayotgan milliy qonunlarga muvofiq, shuningdek ularning bojxona organlari vakolatlari va imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi. Zarur holda bojxona organlari boshqa vakolatli organga koʻmaklashishni tashkillashtirishi mumkin.
3. Ushbu Bitimda bojxona bojlari, soliqlar va boshqa har qanday yigʻimlarni undirishni nazarda tutmaydi.
4. Ushbu Bitim jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar hamda Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan boshqa bojxona ishi sohasi boʻyicha xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
