10- modda. Tergov
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Bir bojxona organining soʻroviga koʻra boshqa bojxona organi soʻrayotgan bojxona organi davlati hududida amal qilayotgan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan yoki shunga gumon qilinayotgan faoliyat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlaydi va soʻrayotgan bojxona organiga bunday tergovning natijalarini taqdim etadi.
2. Bunday tekshiruv ishlari soʻralayotgan bojxona organi davlatining hududida amal qiladigan qonunlarga muvofiq oʻtkaziladi. Soʻralayotgan bojxona organi tekshiruv ishlarini oʻz nomidan amalga oshirgandek bajaradi.
3. Soʻrayotgan bojxona organi tomonidan soʻrovni bajarish uchun tayinlagan rasmiy shaxs (vakil) soʻralayotgan bojxona organining ruxsati bilan va bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzilishini aniqlash mumkin boʻlgan shartlariga amal qilishi maqsadida:
a) bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzilishiga doir axborotlarni soʻralayotgan bojxona organi idoralaridan olishi;
b) soʻralayotgan bojxona organi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida soʻrayotgan bojxona organiga daxldor boʻlgan tekshiruvlarda ishtirok etishi mumkin.
