9-modda. Hujjatlarni taqdim etish
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona organi soʻroviga koʻra, soʻralayotgan bojxona organi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy organlar tomonidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha qabul qilgan qarorlar va choralarga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
2. Hujjatlarni taqdim etish soʻralayotgan tomon davlati hududida amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq olib boriladi. Hujjatlarni taqdim etish, shuningdek kelishuvga muvofiq aniq shakl yoki uslublar asosida soʻrov shartlari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi qonunlarga zid boʻlmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
3. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon koʻrsatilgan uslub va sanani vakolatli organ tomonidan yuborilayotgan tasdiqlov hujjatni (xabarnomani) yuborgan sanadan, vakolatli shaxs imzosi yoki vakolatli organ sertifikati bilan yuborishi mumkin.
