11-modda. Ish va hujjatlar
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisida · Sana: 28.03.2008 · Amalda
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki soʻrovga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organiga boshqa bojxona organi davlati hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligini buzishga olib kelishi mumkin boʻlgan, rejalashtirilayotgan yoki sodir etilgan xatti-harakatlar toʻgʻrisida barcha mavjud axborotni oʻz ichiga olgan hisobotlar, guvohlik koʻrsatmalari yoki hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi.
2. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan hujjatlarning oʻrniga shu maqsadlar uchun har qanday shakldagi kompyuterlashtirilgan axborot taqdim etilishi mumkin. Ushbu axborotni talqin qilish va foydalanish uchun zarur boʻlgan barcha tegishli materiallar birdaniga (bir vaqtda) taqdim etiladi.
3. Ish va hujjatlarning asl nusxalari faqat tasdiqlangan nusxalarning taqdim etilishi yetarli boʻlmagan hollarda soʻralishi mumkin.
4. Mazkur Bitim doirasida olingan ish va hujjatlarning asl nusxalari qisqa muddatlarda qaytariladi.
