3-modda
Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 07.11.2011 · Amalda
Tomonlar quyidagi yoʻllar orqali hamkorlikni kengaytirish va jadallashtirishni qoʻllab-quvvatlaydilar:
a) tijorat tarmogʻi vakillari oʻrtasida oʻzaro manfaatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy masalalar boʻyicha ommabop maʼlumotlarni almashishni oʻz ichiga oluvchi aloqalarni mustahkamlash;
b) hukumat tashkilotlari, professional assotsiatsiyalar va ishbilarmon doiralar, savdo-sanoat palatalari vakillari, shuningdek mazkur Bitimning 2-moddasida belgilangan masalalarni nazorat qiluvchi hududiy organlar vakillarining tashriflari bilan almashish;
v) jismoniy shaxslar va tadbirkorlar tashriflari va uchrashuvlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish va yaxshilashga koʻmaklashish;
g) maʼlumotlar almashinuvi, yarmarkalar va koʻrgazmalar oʻtkazishda, seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa uchrashuvlarni tashkil etishda koʻmaklashish;
d) ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarda xususiy sektorning kichik va oʻrta korxonalari ishtirokini ragʻbatlantirish;
e) konsalting, marketing va ekspert xizmatlari koʻrsatish sohalarida hamkorlikka koʻmaklashish;
j) moliya institutlari va bank sektorlarining yaqin aloqalar oʻrnatishda va hamkorlikni mustahkamlashdagi faoliyatlarini ragʻbatlantirish;
z) tomonlar mamlakatlaridagi investitsion faoliyatni qoʻllab- quvvatlash, qoʻshma korxonalar, vakolatxonalar va kompaniyalarning filiallarini tashkil etish;
i) oʻzaro manfaatlarni aks ettiruvchi hududlararo va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
