2- modda
Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 07.11.2011 · Amalda
Tomonlar iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini va holatini hisobga olib, quyidagi sohalarda, ammo bu bilan cheklanib qolmasdan, uzoq muddatli hamkorlik uchun mavjud maqbul sharoitlarni kelishib oldilar:
a) energetika tarmogʻi;
b) mineral xom-ashyo resurslarini va togʻ-kon sanoati mahsulotlarini razvedka qilish, qazib olish va qayta ishlash, shuningdek sotish;
v) qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati;
g) qurilish va qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqarish;
d) kimyo sanoati;
e) toʻqimachilik sanoati;
yo) upakovka qiladigan texnologiya;
j) atrof muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish;
z) yogʻochga ishlov berish sanoati;
i) taʼlim;
y) inson resurslarini rivojlantirish;
k) sogʻliqni saqlash sohasida xizmatlar taqdim etish, tibbiyot texnologiyalari, farmatsevtika sanoati;
l) turizm, sport va kurort ishi;
m) kichik va oʻrta biznes sohasida hamkorlik;
n) kommunikatsiya;
o) kompyuter va axborot texnologiyalari;
p) transport va logistika;
r) ilmiy-texnikaviy sohada hamkorlik.
