4- modda
Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 07.11.2011 · Amalda
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida, Tomonlar oʻz davlatlarining tegishli organlari va kompaniyalari vakillaridan tashkil topgan Oʻzbekiston Respublikasi va Vengriya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyani tashkil etishlari mumkin. Hukumatlararo komissiya yigʻilishlari Tomonlarning kelishuvi bilan navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasida va Vengriya Respublikasida oʻtkaziladi.
Komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni muhokama qilish;
iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni aniqlash;
ikki mamlakat korxonalari oʻrtasidan iqtisodiy hamkorlik shartlarini yaxshilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish:
ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning holatini baholash va tahlil qilish;
mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash.
Komissiya zarur hollarda hamkorlikning maʼlum bir masalalari bilan shugʻullanuvchi ishchi guruhlarini tashkil qiladi.
Komissiya ishining tartibi uning birinchi yigʻilishi davomida aniqlanadi. Tomonlar oʻz davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq Komissiya faoliyati bilan bogʻlik xarajatlarni mustaqil ravishda qoplaydilar.
