17-modda. Hisob va hisobot
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-328-son) · Sana: 02.05.2012 · Amalda
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonunchilikka muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga koʻra qogʻozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali ragʻbatlantiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
Davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilashi man etiladi.
