13-modda.
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (392-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Kuchini yo'qotgan
Shikoyatni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan hollarni oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida Vakil quyidagi huquqlarga ega:
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirishda koʻmaklashishni soʻrab tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslarni taklif etish. Tekshiruv oʻtkazishni harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga topshirish mumkin emas;
tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga bemalol kirish;
tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
tashkilotlar va mutaxassislarga aniqlanishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlashni topshirish;
tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshiruvlarda ishtirok etish;
ushlangan yoxud qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar oʻtkazish;
harakatlarida inson huquqlari va erkinliklarini buzish hollari aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida xat bilan tegishli organlarga murojaat etish.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni tekshirish chogʻida maʼlum boʻlib qolgan arizachining va boshqa shaxslarning xususiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar ularning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
