14-modda.
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (392-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Kuchini yo'qotgan
Mansabdor shaxslar Vakil soʻragan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Vakil oʻz faoliyati masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan kechiktirmasdan qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Faoliyati davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga Vakilning kirish tartibi, shuningdek Vakilga davlat siri yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat boʻlgan axborotni taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vakilning vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
