12-modda.
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (392-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Kuchini yo'qotgan
Vakil quyidagi huquqlarga ega:
shikoyatni koʻrib chiqish;
arizachi oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin boʻlgan vositalar va shakllarni koʻrsatish;
shikoyatni uning mohiyatiga koʻra hal qilishga vakolatli boʻlgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;
arizachini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;
shikoyatni koʻrib chiqishning sababini albatta koʻrsatgan holda rad etish;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa chora-tadbirlarni koʻrish.
