6-modda. Geografik obyektlarning nomlarini belgilash
Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida (O‘RQ-303-son) · Sana: 12.10.2011 · Amalda
Geografik obyektlarning nomlari hududni kartografiya qilish, toponimik tadqiqotlar oʻtkazish vaqtida, shuningdek geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlanayotganda:
tegishli davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hujjatlari;
rasmiy kartografik hamda maʼlumotnoma nashrlarining, statistik, arxivga oid, tarixiy va boshqa manbalarning maʼlumotlari;
mahalliy aholi, shuningdek oʻlkashunoslar, geograflar, tarixchilar va boshqa mutaxassislar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish asosida belgilanadi.
Geografik obyektlarning nomlarini belgilashda:
mahalliy aholi turmushining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi;
geografik obyektlar nomlarining yanglishishga olib keluvchi oʻxshashligi, ushbu nomlarning hurmatsizlik mazmunida boʻlishi, Oʻzbekiston xalqining tarixi, anʼanalari va madaniyati bilan nomuvofiqligi istisno etiladi.
