5-modda. Geografik obyektlarning nomlarini oʻzgartirishga doir talablar
Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida (O‘RQ-303-son) · Sana: 12.10.2011 · Amalda
Geografik obyektlarning nomlarini oʻzgartirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
geografik obyektning belgilangan maqsadi jiddiy tarzda oʻzgarganda;
ayrim geografik obyektlarning tarixiy nomlarini tiklash zarur boʻlganda;
agar geografik obyekt geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan qisqartma soʻz, raqam yoki soʻz birikmasi bilan belgilangan boʻlsa;
geografik obyektlarga ushbu Qonun 4-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ismi-sharifini berish zarur boʻlganda;
geografik obyektlarning ushbu Qonun 4-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan bir xil nomlari mavjud boʻlganda.
