6-modda. Kredit hisoboti
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida (O‘RQ-301-son) · Sana: 04.10.2011 · Amalda
Kredit hisoboti — kredit tarixi tarkibiga kiruvchi axborotni toʻliq yoki qisman oʻz ichiga olgan hujjat.
Kredit hisobotining shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibi kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Kredit hisoboti kredit byurosi tomonidan quyidagilarga taqdim etiladi:
kredit axborotidan foydalanuvchiga — kredit axboroti subyektining roziligi bilan;
kredit axboroti subyektiga — mazkur kredit axboroti subyektining barcha kredit axboroti yetkazib beruvchilari va kredit axborotidan foydalanuvchilarining identifikatsiya maʼlumotlari koʻrsatilgan soʻrovi boʻyicha.
Kredit hisoboti kredit byurosi uni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov olgan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
Kredit hisoboti faqat bitta kredit axboroti subyekti xususida taqdim etiladi.
