5-modda. Kredit tarixi
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida (O‘RQ-301-son) · Sana: 04.10.2011 · Amalda
Kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui.
Kredit tarixi oʻz ichiga:
kredit axboroti subyektini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
kredit axboroti subyektining kredit bitimlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning ijro etilishi holati haqidagi;
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi;
jismoniy shaxsning kredit bitimi tuzishini taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi;
kredit tarixini shakllantirish sanasi toʻgʻrisidagi, shuningdek kredit tarixini shakllantirgan kredit byurosi haqidagi maʼlumotlarni olishi kerak.
Kredit tarixiga kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Kredit axboroti subyektining bajarilish sanasidan eʼtiboran besh yildan koʻp vaqt oʻtgan pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi.
