4-modda. Kredit axboroti
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida (O‘RQ-301-son) · Sana: 04.10.2011 · Amalda
Kredit axboroti — kredit bitimining holati, berilgan taʼminot boʻyicha (garov, kafolat, kafillik, kreditni toʻlamaslik xavfini sugʻurtalash va taʼminotning boshqa turlari boʻyicha) majburiyatlarning bajarilishi haqidagi maʼlumotlar, shuningdek kredit axboroti subyektining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, toʻlov qobiliyatini, toʻlov intizomini va oʻzga sifatlarini aniqlashga koʻmaklashuvchi boshqa axborot, shu jumladan:
kredit axboroti subyektini va kredit axborotini yetkazib beruvchini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi;
kredit axboroti subyektiga aloqador shaxslar toʻgʻrisidagi;
kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida jismoniy shaxsning kredit bitimi tuzishi taqiqi mavjudligi haqidagi yoki bunday taqiq olib tashlanganligi toʻgʻrisidagi;
kredit bitimi bilan bogʻliq mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
