23-modda. Kredit axborotini saqlash va himoya qilish
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida (O‘RQ-301-son) · Sana: 04.10.2011 · Amalda
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar va kredit axborotidan foydalanuvchilar kredit axborotining saqlanishini hamda ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, uni yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilinishini taʼminlashi kerak.
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotidan foydalanuvchilar, ularning rahbarlari va boshqa xodimlari kredit axboroti almashinuvi jarayonida oʻzlari olgan yoki oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etishi taqiqlanadi.
Kredit axborotini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar bunday maʼlumotlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) tugatilganidan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
