43-modda. Nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-298-son) · Sana: 29.09.2011 · Amalda
Qamoqda saqlash joylarida qamoqdan qochish va boshqa jinoyatlarning, ichki tartib qoidalari buzilishlarining oldini olish, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning xulq-atvori toʻgʻrisida zarur axborot olish uchun nazorat qilish va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalaridan hamda boshqa texnik vositalaridan foydalaniladi.
Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari qoʻllanilayotganligi haqida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni xabardor etishi shart.
Nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari roʻyxati, ulardan foydalanish tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
