Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudida tashkilotlarning ishlarini ularning qonun hujjatlarida yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida ish koʻradigan organlari hamda vakillari olib boradi.
Tashkilotlarning rahbarlari, boshqa shaxslar taʼsis hujjatlariga muvofiq xoʻjalik sudiga ularning xizmat mavqelarini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Fuqarolar oʻz ishlarini xoʻjalik sudida shaxsan oʻzlari yoki vakillari orqali yuritishlari mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-185986
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 49-modda. Vakillar orqali ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-185981/49 (lex.uz/docs/-185986)