Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudida ish yuritish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirilgan vakolatga ega boʻlgan har qanday fuqaro xoʻjalik sudida vakil boʻlishi mumkin.
Toʻla muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishda ularning qonuniy vakillari — ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiy yoki homiylari himoya qiladilar. Qonuniy vakillar xoʻjalik sudida ish yuritishni oʻzlari tanlagan boshqa vakilga topshirishlari mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-185986
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 50-modda. Xoʻjalik sudida vakillik qilishi mumkin boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-185981/50 (lex.uz/docs/-185986)