48-modda. Tarjimon
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir.
Xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni bilsalar ham, tarjimonlik vazifalarini oʻz zimmalariga olishga haqli emaslar.
Tarjimon sud chaqiruviga binoan kelishi va tarjimani toʻla, toʻgʻri hamda oʻz vaqtida amalga oshirishi shart.
Tarjimon aniq tarjima qilish maqsadida tarjima chogʻida hozir boʻlganlarga savollar berishga haqli.
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
