150-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish. Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Hal qiluv qarori noaniq boʻlgan taqdirda, nizoni hal qilgan xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki davlat ijrochisining arizasiga koʻra, hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirib berishga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni, hal qiluv qarorining mohiyatiga tegmagan holda, tuzatishga haqlidir.
Hal qiluv qarorini tushuntirib berish va yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
