Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Qarzdor unga sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza nusxasi topshirilgan paytdan boshlab oʻn kunlik muddatda xoʻjalik sudiga kreditor talablariga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini taqdim etishga haqli.
Belgilangan muddatda qarzdor tomonidan yozma fikrning berilmasligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrugʻini berish uchun asos boʻladi.
Yozma fikr qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-185986
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 108-modda. Ariza yuzasidan bildirilgan yozma fikr Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-185981/108 (lex.uz/docs/-185986)