107-modda. Arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudya quyidagi hollarda sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi:
1) bildirilgan talab ushbu Kodeksning 103-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;
2) ariza ushbu Kodeksning 104-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan boʻlsa;
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
4) qarzdorga ariza nusxasi topshirilgani toʻgʻrisidagi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
5) bildirilgan talab uchun davlat boji toʻlanmagan boʻlsa.
Sudya arizani qabul etishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin.
Arizani qabul qilishni rad etish kreditorning oʻsha talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
