69-modda. Litsenziyani bekor qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Agar litsenziya belgilangan tartibni buzgan holda yoki litsenziya toʻliq boʻlmagan yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar asosida berilgan boʻlib, ular litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan boʻlsa, litsenziya sud tomonidan, boshqa hollarda esa bojxona organi qarori asosida bekor qilinadi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Bojxona organining litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya bojxona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
