65-modda. Bojxona organining litsenziyasi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona organi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun besh yil muddatga litsenziya beradi.
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan taʼsis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun berilgan litsenziya bojxona organi yoki sud tomonidan bekor qilinishi, uning amal qilishi esa toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun litsenziya berish, uni qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
