4-modda. Bojxona ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Bojxona ishida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan taqdirda, tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
