3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo boʻshligʻi bojxona hududini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi.
