5-modda. Bojxona organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona organlari bojxona ishi vazifalarini hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda davlatning oʻzga organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari bojxona organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda koʻmaklashishlari, shu jumladan bu vazifalarni hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish orqali ularga koʻmaklashishlari shart.
Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlariga taalluqli ayrim harakatlar oʻz nazoratlari ostida davlatning boshqa organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir.
