21-modda. Tranzit
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Tranzit shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining ikki bojxona organi oʻrtasida, shu jumladan chet davlat hududi orqali, boj, soliqlar undirilmasdan, shuningdek tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanmasdan bojxona nazorati ostida olib oʻtiladi.
Tovarlarni tranzit rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtish bojxona organining ruxsati bilan istalgan yoʻllar va yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
