“135-modda. Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi — Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son)
“135-modda. Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son) · Sana: 26.04.2011 · Amalda
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik haqidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi yonida boʻlmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasdan (hisobga qoʻymasdan) transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 136-moddaning:
nomi “haydovchilarining” degan soʻzdan keyin “va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
17) 137-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
18) 138-modda:
nomidagi “harakat qoidalarini” degan soʻzlar “yoʻl harakati qoidalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining:
dispozitsiyasidagi “aravakashlar” degan soʻz “ulovli aravani boshqarib boruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “oʻndan bir qismi” degan soʻzlar “uchdan bir qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “oʻndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda” degan soʻzlar “ikkidan bir qismi miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda” degan soʻzlar “bir baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
19) 139-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Nosozligi boʻlgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
20) 140-moddaning sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 147-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 245-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 471, 472, 48, 491, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlariga zarar yetkazishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining toʻrtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 157, 158, 159, 160, 161, 163, 1631-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 177, 179, 1792, 1793, 180, 181, 182, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno), 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 189, 190, 191, 193, 194, 195, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 198, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 2152, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-mo�dalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 2411-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun oʻzlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita koʻrib chiqadi”;
“Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 224, 225-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
ikkinchi qismi 5, 6 va 7-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (Bosh boshqarmasi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, yoʻl-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, uning oʻrinbosari, alohida muhim ishlar boʻyicha inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektor), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasi (boʻlimi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;
6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, mobil guruhi) komandiri yoki uning oʻrinbosari;
7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar”;
25) 256-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshligʻi, katta inspektori”;
27) 291-modda birinchi qismining “a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126, 131, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (militsiya xodimining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan”;
28) 304-moddaning ikkinchi qismidagi “125, 126, 127, 128” raqamlari “125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286” raqamlari bilan almashtirilsin;
29) quyidagi mazmundagi 3081-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “135-modda. Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son). neolex.uz/uz/laws/law-1779338/135 (lex.uz/docs/-1779341)