1286-modda. Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son) · Sana: 26.04.2011 · Amalda
Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
12) 129-moddaning:
nomidagi “harakat xavfsizligiga” degan soʻzlar “yoʻl harakati xavfsizligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 130-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “besh baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 131-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
